Fakultetning iqtidorli talabalari

Amurillayeva Munira Utkirjonovna O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli “2025-2026 o’quv yili uchun davlat stipendiyalarini tayinlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, ta’lim sohasidagi yuksak natijalari, ilmiy-ijodiy faolligi hamda iqtidorli talaba sifatida erishgan muvaffaqiyatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi bilan taqdirlangan.
Mazkur yutuq talabaning bilimga bo’lgan yuksak intilishi, izchil mehnati hamda pedagogik faoliyatga mas’uliyat bilan yondashayotganining yorqin natijasidir. Ushbu muvaffaqiyat kelgusida yanada yuksak ilmiy va kasbiy marralarni zabt etishiga ishonch bildiramiz. Kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz.
Ilmiy rahbar – Kamolova Dilnavoz Ixtiyorovna.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Talabalar ligasi” doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha Respublika final musobaqasida 1-o‘rinni egalladi.
Yoshlar ittifoqi tomonidan o’tkazilgan musobaqada sportning shaxmat turi bo‘yicha O’zbekiston chempioni (2018 yil).
Toshkent shahrida “Georgiy Agzamov” xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan nufuzli xalqaro musobaqada 1-o‘rin sohibi.
Navoiy davlat universiteti miqyosida “Rektor kubogi” sport musobaqasida faol ishtirok etib 1-o‘rinni egalladi.
Mazkur yutuq talabaning sportga bo‘lgan yuksak intilishi, izchil mehnati hamda o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashayotganining yorqin natijasidir. Ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusida sport sohasida yanada ulkan yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz.

